Pulim qayoqqa ketdi?
Menbop aniq biladi.
Oddiy yozasiz yoki gapirasiz — Menbop xarajatlarni yozib boradi, reja va eslatmalarni vaqtida aytadi, qarzlarni unutmaydi. Ilova o'rnatish shart emas.
Bitta chatda — butun kundalik hayotingiz
Buyruqlarni yodlash shart emas. Menbop sizni do'stingizdek tushunadi va kerakli ishni o'zi bajaradi.
Xarajat va daromad
Har bir so'mni o'zi kategoriyaga ajratib yozadi. Chek yoki bank SMS'ini yuborsangiz ham tushunadi.
Reja va eslatmalar
Uchrashuv, vazifa va takrorlanuvchi ishlar. Bir ishga bir nechta eslatma — aynan kerakli vaqtda.
Qarzlar va do'stlar
Kim kimga qarzdor — aniq. Do'stingiz ham Menbop'da bo'lsa, qarz ikkala tomonda tasdiq bilan yuritiladi.
Ovoz bilan boshqaring
Yozishga vaqt yo'qmi? Ovozli xabar yuboring — Menbop tushunadi, xohlasangiz ovoz bilan javob ham beradi.
Rasm va cheklarni o'qiydi
Chek, o'tkazma skrinshoti yoki hujjat rasmini yuboring — summasi va sanasini aniq ajratib oladi.
Hisobot va tahlil
Kunlik, haftalik, oylik hisobotlar, byudjet chegarasi va oylik to'lovlar — qayerga ko'p ketayotganini ko'rasiz.
Boshlash — 3 qadam
Botni oching
@menbop_bot ga /start bosing va tilni tanlang.
Raqamni yuboring
Bir tugma bilan ro'yxatdan o'tasiz va bonus olasiz.
Oddiy yozing
Xarajat, reja yoki savol — Menbop qolganini o'zi qiladi.
Hammasi bir qarashda
Telegram ichidagi chiroyli ilovada xarajatlar diagrammasi, qarzlar, do'stlar va vazifalarni ko'rasiz va tahrirlaysiz.
- Kategoriyalar bo'yicha diagramma va kunlik, haftalik, oylik hisob
- Do'stlar bilan umumiy qarzlar — tasdiq va eslatmalar bilan
- Yorug' va qorong'i mavzu, o'zbek (lotin, kirill), rus va ingliz tillari
- Har kuni ertalab qisqa hol so'rash va reja — vaqtini o'zingiz tanlaysiz
Obuna yo'q. Faqat ishlatganingiz uchun
Oylik to'lov majburiyati yo'q — balansni xohlagan summaga to'ldirasiz.
Boshlash bepul
Ro'yxatdan o'tganda bonus. Do'stingizni taklif qilsangiz — ikkalangizga ham qo'shimcha bonus.
Ishlatganingizcha
Faqat AI javoblari uchun haqiqiy sarf hisobidan. Eslatmalar, hisobotlar va mini ilova bepul ishlaydi.
Ko'p beriladigan savollar
Ilova yuklab olish kerakmi?
Yo'q. Menbop to'liq Telegram ichida ishlaydi — bot va mini ilova orqali. Hech narsa o'rnatish shart emas.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Yozuvlaringiz faqat sizga ko'rinadi. Bank kartangiz yoki parollaringiz so'ralmaydi. Xotirani istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.
Qaysi tillarda ishlaydi?
O'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida — ovozli xabarlarni ham tushunadi.
Balans tugasa nima bo'ladi?
Eslatmalar, hisobotlar va mini ilova ishlashda davom etadi. Faqat AI javoblari uchun balansni to'ldirish kerak bo'ladi.
Guruhda ishlata olamanmi?
Ha. Menbop'ni guruhga qo'shing — umumiy hisobni bo'lish, eslatma, so'rovnoma va valyuta kursi kabi ishlarda yordam beradi.
Siz ayting, Menbop uddalaydi!
Bugundan boshlab hech narsa esdan chiqmaydi — pul ham, reja ham, qarz ham.
@menbop_bot ni ochish